Yurtal LMS

Davomatni belgilang. Qarz, qaytarish va maoshni tizim hisoblaydi

Yurtal LMS o'quv markazlar uchun. Ega kassa, qarz va haqiqiy daromadni bitta sahifada ko'radi.

Karta kerak emas. Demo ma'lumotli markaz darhol ochiladi.

Yurtal LMS da markaz holati: kassa, daromad, faol o'quvchilar, qarz va davomat. Pastda e'tibor kerak bo'lgan holatlar.

Panel ekrani, demo ma'lumot bilan.

Excel va Telegram bilan ishlaganda pul qayerda yo'qoladi

Birinchi pilot markazimizda davomat Google Sheets da, baholar Telegram guruhlarida yuritilardi, maosh qo'lda hisoblanardi. Ko'p markazda ham shunday.

Raqobat qo'mitasiga 3 yilda tushgan 2 070 shikoyatning 96% xususiy ta'lim tashkilotlariga oid. Asosan shartnoma, pul qaytarish va jadvalga rioya qilmaslik haqida. Manba: infoedu.uz

  • Davomat

    Hozir:Google Sheets jadvali. Har o'qituvchi o'zicha va kechikib belgilaydi.

    Yurtal LMS da:O'qituvchi darsni telefondan belgilaydi. Shu belgidan o'quvchi hisobi ham, maosh ham hisoblanadi.

  • Qarz

    Hozir:Qarzdorlar oy oxirida qo'lda solishtiriladi. Eslatma esdan chiqadi.

    Yurtal LMS da:Qarz ro'yxati doim yangi. Eslatma belgilangan kuni Telegram yoki SMS orqali o'zi ketadi.

  • Pul qaytarish

    Hozir:O'quvchi ketadi va nechta dars o'tilgani, qancha ushlanishi haqida bahs boshlanadi.

    Yurtal LMS da:Qaytarish summasi o'zi hisoblanadi. O'tilgan darslar, ushlanma va qaytadigan summa qatorma-qator ko'rinadi. Dalolatnoma chiqadi.

  • O'qituvchi maoshi

    Hozir:Kalkulyator va daftarda hisoblanadi. Har oy "nega shuncha?" degan savol chiqadi.

    Yurtal LMS da:Maosh siz bergan qoidadan hisoblanadi. Har qatorda formula ko'rinadi.

  • Baholar va ota-ona

    Hozir:Baholar Telegram guruhiga tashlanadi. Ota-ona farzandi haqida bilish uchun qo'ng'iroq qiladi.

    Yurtal LMS da:O'quvchi va ota-ona davomat, balans va baholarni ilovada ko'radi. Ilova sinov bosqichida.

Markaz ishi bitta tizimda

Har sahifada bitta asosiy ish. Sozlamasiz ishlaydi, sozlash ixtiyoriy.

Har so'm qayerdan kelib, qayerga ketgani ko'rinadi

To'lov, qarz, oldindan to'lov va daromad bitta daftardan hisoblanadi. Pul yozuvi o'chirilmaydi, xato teskari yozuv bilan tuzatiladi. Shuning uchun raqamlar bir-biriga zid chiqmaydi.

  • Kassa, qarz va oldindan to'lov alohida
  • Qaytarish hisobi va dalolatnoma
  • Yopilgan oy o'zgarmaydi
Qarzlar ro'yxati: jami qarz, qarzdorlar soni, har o'quvchining qarzi va muddati.

Davomat belgisi qarzni qanday o'zgartiradi

Har o'quvchiga holat tanlang va saqlang. Balans va qarz darhol qayta hisoblanadi.

Ingliz tili A1 · bugun 09:00 · dars narxi 50 000 so'm

  • 1-o'quvchi

    Balans: 400 000

  • 2-o'quvchi

    Balans: 120 000

  • 3-o'quvchi

    Balans: 30 000

  • 4-o'quvchi

    Balans: 0

  • 5-o'quvchi

    Balans: −100 000

Belgilandi: 0 / 5

Belgilashdan oldin

Jami qarz
100 000
Qarzdorlar
1
O'qituvchi hisobiga
hali yo'q

Sukut bo'yicha keldi, kechikdi va sababsiz holatda dars puli yechiladi. Sababli holatda yechilmaydi. Markaz buni o'zgartira oladi.

Bu namuna. Ma'lumot shartli, hech narsa saqlanmaydi.

Markazingiz uchun hisoblang

O'z raqamlaringizni kiriting. Formulalar pastda ochiq yozilgan, taxminlarni o'zingiz o'zgartirasiz.

Bu bizning statistikamiz emas. O'z tajribangizga qarab o'zgartiring.

Oyiga o'z vaqtida tushmaydigan pul
9 000 000 so'm
Oyiga qaytishi mumkin bo'lgan qarz
2 700 000 so'm
Oyiga tejaladigan soat
26 soat
Yurtal LMS narxi (faol o'quvchilar soniga qarab)
490 000 so'm

Formulalar

  • Oylik hisob = o'quvchilar × o'rtacha to'lov
  • Tushmaydigan pul = oylik hisob × qarz %
  • Qaytadigan qarz = tushmaydigan pul × qaytadigan ulush % (taxmin)
  • Tejaladigan soat = haftalik soat × 52/12 × avtomatlashadigan ulush % (taxmin)

O'zbekistonda ishlatiladigan xizmatlar

Kalitlarni markaz sozlamalarida kiritasiz. Pul to'g'ridan-to'g'ri markaz hisobiga tushadi.

Brend nomlari egalariga tegishli. Ulanish uchun markazning shu xizmat bilan o'z shartnomasi kerak.

Ochiq narx, faol o'quvchilar soniga qarab

Asosiy funksiyalar hamma tarifda bir xil. 14 kun bepul sinov, karta kerak emas.

100 tagacha faol o'quvchi

290 000so'm / oy

Hammasi kiradi

  • Moliya: kassa, qarz, qaytarish
  • Davomat bir necha bosishda
  • O'qituvchi maoshi va KPI
  • Ega uchun holat kartasi
  • Telegram va SMS eslatmalar
  • Rol va filial bo'yicha ruxsatlar
14 kun bepul

101–200 faol o'quvchi

490 000so'm / oy

Hammasi kiradi

  • Moliya: kassa, qarz, qaytarish
  • Davomat bir necha bosishda
  • O'qituvchi maoshi va KPI
  • Ega uchun holat kartasi
  • Telegram va SMS eslatmalar
  • Rol va filial bo'yicha ruxsatlar
  • O'z brendingizdagi o'quvchi ilovasi
14 kun bepul

201–300 faol o'quvchi

690 000so'm / oy

Hammasi kiradi

  • Moliya: kassa, qarz, qaytarish
  • Davomat bir necha bosishda
  • O'qituvchi maoshi va KPI
  • Ega uchun holat kartasi
  • Telegram va SMS eslatmalar
  • Rol va filial bo'yicha ruxsatlar
  • O'z brendingizdagi o'quvchi ilovasi
14 kun bepul

300 dan ko'p faol o'quvchi

Kelishiladi

Hammasi kiradi

  • Moliya: kassa, qarz, qaytarish
  • Davomat bir necha bosishda
  • O'qituvchi maoshi va KPI
  • Ega uchun holat kartasi
  • Telegram va SMS eslatmalar
  • Rol va filial bo'yicha ruxsatlar
  • O'z brendingizdagi o'quvchi ilovasi
Demo so'rash

Yakka o'qituvchi Bepul

O'zi dars beradigan o'qituvchi uchun. O'quvchilar, jadval, davomat va to'lov hisobi. Muddati cheklanmagan.

Qo'shimcha filial: +150 000 so'm / oy

Faol o'quvchi oyda kamida bir marta davomatda belgilangan bo'ladi. Guruhdan chiqqan yoki muzlatilgan o'quvchi uchun to'lanmaydi.

Narxga SMS va to'lov tizimi komissiyasi kirmaydi. Ular markazning xizmat ko'rsatuvchi bilan o'z shartnomasiga ko'ra to'lanadi.

Ko'p beriladigan savollar

Ma'lumotlarim xavfsizmi?

Har markaz ma'lumoti bazada alohida saqlanadi. Buni har o'zgarishda avtomatik testlar tekshiradi. Pul yozuvlari o'chirilmaydi va o'zgartirilmaydi, faqat tuzatish yozuvi qo'shiladi. Har muhim amal audit jurnaliga yoziladi.

Yurtal xodimlari ma'lumotlarimni ko'ra oladimi?

Faqat siz yordam so'raganingizda, "kirish" orqali. Har kirish audit jurnaliga yoziladi va markaz egasiga ko'rinadi.

Excel yoki Google Sheets dan ma'lumot ko'chirsa bo'ladimi?

Ha. O'quvchilar ro'yxatini Excel faylidan yuklaysiz. Tizim ustunlarni moslaydi va xato qatorlarni yuklashdan oldin ko'rsatadi. Guruh va narxlarni keyin qo'shasiz.

14 kunlik sinovdan keyin nima bo'ladi?

To'lasangiz, ish davom etadi. To'lamasangiz, panel faqat o'qish rejimiga o'tadi. Ma'lumot o'chmaydi, uni eksport qilib olish mumkin.

Sinov uchun karta kerakmi?

Yo'q. Ro'yxatdan o'tish uchun telefon raqami yetarli.

Narx qanday hisoblanadi?

Narx faol o'quvchilar soniga bog'liq. Faol o'quvchi oyda kamida bir marta davomatda belgilangan bo'ladi. Oyiga 100 tagacha 290 000 so'm, 101–200 tagacha 490 000 so'm, 201–300 tagacha 690 000 so'm. Qo'shimcha filial +150 000 so'm, yillik to'lovda 20% chegirma. Yakka o'qituvchi uchun bepul.

Bir nechta filial bilan ishlaydimi?

Ha. Har filialning kassasi, guruhlari va hisobotlari alohida. Ega hammasini birga yoki filial bo'yicha ko'radi. Xodimga faqat o'z filialini ochib qo'yish mumkin.

Payme, Click va UzQR bilan ishlaydimi?

Ha. Markaz o'z kalitlarini sozlamalarda kiritadi. To'lov havolasi Telegram yoki SMS orqali ketadi, to'lov o'quvchi balansiga o'zi tushadi.

Ilova App Store va Google Play da qanday chiqadi?

O'quvchi, o'qituvchi va ota-ona ilovalari hozir sinov bosqichida. Do'konlarga Yurtal nomi bilan chiqadi. Foydalanuvchi telefon raqami orqali o'z markaziga kiradi va ilovada markaz rangi va logotipini ko'radi.

Telefondan ishlatsa bo'ladimi?

Ha. Panel telefon va planshet brauzerida ham ishlaydi. O'qituvchi davomatni alohida ilovada qiladi.

O'rganish qancha vaqt oladi?

Maqsadimiz yangi administrator asosiy ishlarni 30 daqiqada o'rganishi. Ro'yxatdan o'tganda demo ma'lumotli markaz ochiladi. Unda hammasini xavotirsiz sinab ko'rasiz.

Rus tilida ishlaydimi?

Ha. Panel, ilovalar va xabar shablonlari o'zbek va rus tilida. Panel tilini istalgan vaqtda almashtirasiz.

Qaysi SMS provayder va terminallar bilan ishlaydi?

Hozir ulangan: Eskiz (SMS), Hikvision (terminal). Boshqasi kerak bo'lsa, ulab beramiz.

Markazingiz misolida ko'rsatamiz

Raqamingizni qoldiring. Ish vaqtida qo'ng'iroq qilib, tizimni ko'rsatamiz.

Raqamingiz faqat siz bilan bog'lanish uchun ishlatiladi.

Bugun boshlang. Oy oxirida raqamlar mos keladi

14 kun bepul, karta kerak emas. Demo ma'lumotli markaz darhol ochiladi.

14 kun bepul
O'quv markaz uchun LMS: kassa, davomat, maosh